Doston Ergashev - Askarlar (Аскарлар) текст песни
Достон Эргашев
[Doston Ergashev - Askarlar Аскарлар текст песни]
G‘ururi qon-qonga singgan Askarlar
Vatanim xalovat topmog‘i uchun
Xalovatin chetga surgan Askarlar
Vatanni suyangan tirgagi sizlar
Chegara hududi sergagi sizlar
Millatning sheryurak erkagi sizlar
Yurtini jondan ko‘p suygan Askarlar
Yurtboshim old safda ortda navkarlar
Madadkor xalq uchun birdam Askarlar
Har birizga qo‘ymoq kerak haykallar
Xalqim deb jon fido qilgan Askarlar
Askarlar, Askarlar
Jon fido yurt uchun aziz Askarlar
Askarlar hey Askarlar
Jonin fido yurti uchun Askarlar
Harbiylar, hodimlar, jasur Askarlar
Siz sababli yurtim ilg‘or odmlar
Sha’nini bulg‘olmas shayton omillar
Nafsini chetlarga otgan Askarlar
Yosh jonlar yurtim deb fido bo‘ldilar
Qon qaxshab yuraklar ado bo‘ldilar
Sha’n uchun, shon uchun fido bo‘ldilar
Nomingiz qalblarda qolgan Askarlar
Biringiz og‘amsiz biringiz inim
Issiqmi, sovuqdan bilmaydi tinim
Haybatini ko‘rib titraydi g‘anim
Ko‘zlari olovday yongan Askarlar
Ko‘zlari olovday yongan Askarlar
Asli har o‘zbekda yigit sha’ni bor
Temuriy bobomning o‘chmas shoni bor
Tomirlarda Manguberdi qoni bor
Bobolar ko‘ksimda urgan Askarlar
Askarlar, Askarlar
Jon fido yurt uchun aziz Askarlar
Askarlar hey Askarlar
Jonin fido yurti uchun Askarlar