Konsta - Insonlar текст песни
Конста [Шарифжон Абдуллаев] Сирдарё вилояти, Ўзбекистон
[Konsta - Insonlar текст песни]
Qarang, bu yulduzlar - ucha olgan odamlar
Sonsiz tunu-kunduzlar bardosh bera olganlar
Cheksiz tunu-kun izlab, o'ziga sodiq qolganlar
Qarang bu - yulduzlar, insonlar
Qarang, bu yulduzlar - ucha olgan odamlar
Sonsiz tunu-kunduzlar bardosh bera olganlar
Cheksiz tunu-kun izlab, o'ziga sodiq qolganlar
Qarang bu - yulduzlar, insonlar
[Куплеты]
Oldinda yo'l, faqat omad ko'rinmas
Sharif bu hobby, ko'pam urinma
Juda ko'p pul kerak, noldan qurilmas
Ishinga borib kel, yo'ldan burilma
Uxlab olish kerak ishdan keyin
Tekstlarni bosaman g'ishtdan keyin
Nechi yildirki tanish yangi yil
Yolg'iz nishonlayman ishdan keyin
Nechi marta o'zgardi kasbim
Lekin o'zgarmadi hobby
Qanaqa ish bo'lsa ham
Keyin naushniklarda o'chgani yo'q beat
Nechi marta charchadim
Lek ortga qaytib qabul qilmadim doping
Amallab chiqdim qiyshiq yo'ldan
Shu bilan qaytib kirganim yo'q keyin
Oyoqlardan sovuq o'tardi
Lekin yulduzlarga bir qadam
Sabr qilsang 41 keladi deb
To'rt yilim o'tdi 40 da
Bitta narsa qoldi omadgacha
Shuni topda va tur qidir
Boshqa tilda ayt deyishardi
O'zbeklarim o'zini yurtida
Boshlaganda yosh bola edim
Endi bugun uyimda kutadi qizim
Sen o'ylaysan meni omadim keldi
Bu 10 yildan ko'proq tuzilgan tizim
Bugun nomim topadi ma'no
Qatorlarim qoqadi qanot
Lek boshqalarni so'ramagin
Ba'zida zo'rg'a ishondim o'zimga o'zim
[Припев]