Konsta - Qahramonlar текст песни
Конста [Шарифжон Абдуллаев] Сирдарё вилояти, Ўзбекистон
[Konsta - Qahramonlar текст песни]
[Verse 1]
Yoshlikda qahramonlar kinoda
Shunaqa bo'lolarmikan odam
Plashi hilpirab uchar samoda
Ular bizni asraydi balodan
Mushaklari ko'rinardi toshdek
Menimcha dadamdan ham kuchli
Ko'zidan nur sochardi quyoshdek
Yuta olmaydi hatto Bryus Li
Kattaroq bo'b izladim ularni
Kinolardagi qahramonlarni
Ularga yordam bersam bo'lardi
Men bilardim ko'plab yomonlarni
Izladim plash taqqanlarni
Savlatli, gavdalilar ichidan
Ko'rdim juda kattalarni
Hech kim kuchlimas u darajada
Osmonda ham uchmadi kimdir
Ko'zlardan ham olov chiqmadi
Demak qoldi ular yoshligimda
Balki bordir qandaydir hikmati
Hayot huddi yo'qotdi rangini
Axir qahramonlarsiz qiyin
Bir xil kunlar bo'lmaydi yangilik
Kerak qahramonlar sizgayam
Atrofda oddiy odamlar to'la
Bajarardi har kuni bir xil ishni
Ular toza qiladiku yo'lim
Men bilaman faqat kir qilishni
Oddiygina kiyimlarda ular
Ba'zan xalat, ba'zida uniforma
Aslida chin qahramonlarku shular
Shuncha yilla yashadim shuni ko'rmay
Belini ayamay sovuqlarda
Ishlaydi qilmasdan kinoya
Ular yurmasa ham sovuqlarda
Bizni har kun qiladi himoya
Bildim dadamni charchagan qo'llari
Qaytdagi Vandamnikidan ham zo'rroq
Yaxshilab ko'rsam hayotda to'la rang
Va kerak emas buning uchun Zorro
[Bridge]
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun u tongini bizdan
Ulardan o'rgan sabr qilishni
Qahramonlar plash kiymas ekan
Ular kuchli emas pahlavondek
Bu oddiy odamlar oddiy emas ekan
Ular chinakam "Qahramonlar"!
[Naqorat]
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Qahramonlar - Otalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Shu, Qahramonlar - Onalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Bizga berib qanotini, bag'ishlab hayotini
Asli qahramonlar o'shalar
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Qahramonlar - Otalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Shu, Qahramonlar - Onalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Bizga berib qanotini, bag'ishlab hayotini
Asli qahramonlar o'shalar
[Verse 2]
Ular o'z ishini qiladi, katta pullar kutmay
Ularni ishlari ko'rinmaydi, to'plamaydi like
O'z burchini o'ylab, o'zini hecham o'ylamaydilar
Ular haqida qo'shiqlar ham juda kam aytilar
Ular tinmay ishlaydi oilasin asrash uchun havfdan
Ular tinmay ishlaydi oberaman deb kitob-daftar
Ular uyim-joyim deb olti kun ishlaydi har hafta (ko'chada)
Ular sovuqqotadi oilasi qolmasin deb zahda
[Rap]
Hammasi yaxshi deya, qolmasa ham ideya
O'zini katta deb, qiladi jimm ishini
Kichkina-kattagayam, doim xizmatda keyin
Biladi baxt ungayam, bir kuni qaytishini
Zor emas maqtovgayam, achinmas vaqtigayam
Yo'li aniq, buni yuz foiz shu ayon, bu zamon
Shu chinakam qahramon
Axir kino emas bu - Hayot
[Bridge]
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun u tongini bizdan
Ulardan o'rgan sabr qilishni
Qahramonlar plash kiymas ekan
Ular kuchli emas pahlavondey
Bu oddiy odamlar oddiymas ekan
Ular chinakam Qahramonlar
[Naqorat]
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Qahramonlar - Otalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Shu, Qahramonlar - Onalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Bizga berib qanotini, bag'ishlab hayotini
Asli qahramonlar o'shalar
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Qahramonlar - Otalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Shu, Qahramonlar - Onalar!
Ooo-Ooo-Ooo-Ooo!
Bizga berib qanotini, bag'ishlab hayotini
Asli qahramonlar o'shalar