Jo'rabek Qodirov - Rashk текст песни
Жорабек Кадыров
[Jo'rabek Qodirov - Rashk текст песни]
Muhabbat shartiga inson chidarkan
Oshiqlar bir-birin qizg‘onib yashar
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Sevgan har ko‘ngilni hayot sinarkan
Muhabbat shartiga inson chidarkan
Oshiqlar bir-birin qizg‘onib yashar
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Har bir qadamingni poylab yursa ham
Gumonda yonma deb aslo yema g‘am
Yashasa bir-birin asrab har bir dam
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bo‘larkan
Ishqi bor odamning rashki bo‘larkan
Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bo‘larkan
Ishqi bor odamning rashki bo‘larkan
Baxtning osmonida ikki kabutar
Armon degan so‘zni bir zum unutar
Begona ko‘zlardan uzoqroq tutar
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Xafa bo‘lmang menga ishonmaysiz deb
Nega rashk qilasiz demang buncha ko‘p
Sizga juftingizdek bir mehribon yo‘q
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bo‘larkan
Ishqi bor odamning rashki bo‘larkan
Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bo‘larkan
Ishqi bor odamning rashki bo‘larkan
Begona raqamdan bo‘lsa qo‘ng‘iroq
Ranjimang soatlab qilganda so‘roq
Ortiqcha shubhadan bo‘ling siz yiroq
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Ahad Qayum yozdi oshiqlar uchun
Ko‘rsatib muhabbat sevgisin kuchin
Har ko‘ngil bajarib yashasin burchin
Ishqi bor odamni rashki bo‘larkan
Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bo‘larkan
Ishqi bor odamning rashki bo‘larkan
Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bo‘larkan
Ishqi bor odamning rashki bo‘larkan