Liil Khuramov - Nahotki текст песни

Лиил Курамов

[Liil Khuramov - Nahotki текст песни]

Yo`llaringga termulib, o`tar uzun yillarim
Yuragimni ko`ndirib, ketaverar sirlarim
Nahot his etmas yuraging dil to`la dardlarim
Nahot qadrsiz bo`lsa aytilgan bu gaplarim?

Nahotki shu bo`lsa sevgi?
Nahotki shu bo`lsa hayot?
Sen uchun yaralgan sevgim
Ololmasa sendan javob?

Nahotki shu bo`lsa sevgi?
Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot?
Ushalmas hech bir orzular
Qolib ketsa bo`lib sarob?

Bilolmayman aslida nechun keldim dunyoga
Yoki sevging dastidan qo`ydimmi yo`l xatoga?
Endi men kimga aytayin alamli bu dardlarim?
O`zimni yolg`iz, javobsiz sevgimni aybladim

Nahotki shu bo`lsa sevgi?


Nahotki shu bo`lsa hayot?
Sen uchun yaralgan sevgim
Ololmasa sendan javob?

Nahotki shu bo`lsa sevgi?
Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot?
Ushalmas hech bir orzular
Qolib ketsa bo`lib sarob?

Интерпретация для


Добавить интерпретацию

Интерпретировать